Gruziyada yashin urishi oqibatida 500 dan ortiq qo‘y halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 13 avgust kuni Gruziyada chaqmoq chaqishi natijasida yarim mingdan ortiq qo‘y halok bo‘ldi. Bu haqda “Life” nashri xabar berdi.

Voqea Gruziyaning Axalkalaki shahri hududidagi Didi-Abuli tog‘ida yuz bergan. Yashin oqibatida yaylovdagi 530 ta qo‘y bir vaqtda nobud bo‘lgan. Shuningdek, ushbu hududdagi boshqa cho‘ponlar ham bir qancha yo‘qotishlarga uchragan.

Tambovka qishlog‘ida yashovchi Nikolay Levanovning aytishicha, uning ham 600 ta qo‘yi bo‘lgan va u yana 1500 mingga yaqin qo‘yni qo‘shni Kaxetii viloyatidan boqish uchun olib kelgan.

Xabar berilishicha, cho‘ponlar o‘lik hayvonlar jasadlarini  tog‘dan tushira olishmagani sababli, o‘sha yerning o‘zida yoqib yuborishga qaror qilishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaylov egasi ushbu yo‘qotishlar uchun mahalliy hokimiyatga yordam so‘rab murojaat qilgan. Hozirda yo‘qotishlarni baholash uchun Axalkalaki meriyasi huzurida komissiya tuzildi.

Qayd etilishicha, Gruziyada bitta qo‘yning narxi 110-115 dollar atrofida. Umumiy hisobda zarar 61 ming dollarga teng.

 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing