Gruziya Rossiyadan egallab olgan yerlarini qaytarishni so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avgust urushining 14 yilligi munosabati bilan Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani “noqonuniy harakatlarni to‘xtatishga”, 2008 yil 12 avgustdagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni bajarishga va o‘z qurolli kuchlarini mamlakatning bosib olingan hududlaridan olib chiqib ketishga chaqirdi.

“Bosqinning 14 yilligi munosabati bilan Rossiya Yevropa Ittifoqi vositachiligida 2008 yil 12 avgustdagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni bajarmaslikda va bosib olingan hududlarda noqonuniy nazoratini kengaytirishda davom etmoqda”, deyiladi Gruziya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Tashqi siyosat idorasining qayd etishicha, Rossiya o‘z harakatlari bilan “xavfsizlik, inson huquqlariga zarba bermoqda, bosib olingan hududlarda yashovchi odamlarni Gruziyaning qolgan qismi va xalqaro hamjamiyatdan ajratib qo‘yishga harakat qilyapti”.

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Moskvani bosib olingan hududlarni tan olish haqidagi noqonuniy qarorini o‘zgartirishga chaqirgan.

TIVning ta’kidlashicha, 14 yil davomida Rossiya kuchlari ishg‘ol chizig‘ida to‘siqlar o‘rnatishda davom etgan, mintaqada odamlar noqonuniy hibsga olinib, o‘g‘irlab ketilgan.

“Gruziyaning Abxaziya va Sxinval viloyatlarida asosiy inson huquqlarining qo‘pol buzilishi, etnik kamsitish va yuz minglab ichki ko‘chirilganlar va qochqinlarning o‘z uylariga qaytish huquqining buzilishi Rossiyaning noqonuniy bosib olishining og‘ir gumanitar yuki bo‘lib qolmoqda”, deydi “Gruziya yangiliklari” agentligi vazirlik bayonotidan iqtibos keltirib.

Tashqi ishlar vazirligining qayd etishicha, bu yillar davomida Rossiya xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining va Yevropa Ittifoqi kuzatuvchi missiyasining Abxaziya va Sxinval hududiga kirishiga to‘sqinlik qilib kelgan.

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatga mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Bu qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda, Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz bilan xalqaro huquq tamoyillarini buzishda va Yevropa xavfsizligiga putur yetkazishda davom etayotgan bir paytda alohida ahamiyatga ega”, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, TIV Rossiya-Gruziya mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish siyosatini tasdiqlab, rasmiy Tbilisining harakatlari ishg‘ol chizig‘i bilan ajratilgan jamiyatlar o‘rtasida ishonchni tiklash va umumiy Yevropa kelajagini qurishga qaratilganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Gruziya

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar