2021 yilda xorijdan qancha o‘zbekistonlikning jasadi olib kelindi?

Jamiyat

image

2021 yilda xorijda mehnat faoliyatini olib borish davomida vafot etgan 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosining jasadi Vatanga olib kelingan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelingan, 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan.

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 984,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.

Bundan tashqari, og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing