Gripp infeksiyasi koronavirusga qanday ta’sir qiladi?

Salomatlik

image

Kuz-qish mavsumida keng tarqaladigan Gripp infeksiyasi koronavirusni yanada kuchaytirib yuboradi. Bu haqda biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson Universiteti (AQSH) professori Ancha Baranova ma’lum qildi.

Biroq, bu gripp virusining koronavirusga o‘tishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan olim. Uning fikriga ko‘ra, ular ikkita mutlaqo boshqacha viruslar bo‘lib, hech qanday tarkibiy qismlarini almashtira olmaydilar. Shunchaki, odam tanasiga qo‘shaloq yuk tushadi.

"Shu bilan birga, koronavirusdagi mutatsiyalar xavotirga sabab bo‘lmoqda. Endi nafaqat D614G, balki yangi mutatsiyalar ham tavsiflanmoqda. Ular bundan ham yomon. Invitro tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ularni dastlab mavjud bo‘lgan virusga qarshi antitanalar bilan zararsizlantirish mumkin emas", dedi Baranova. 

Doktorning xulosasiga ko‘ra, bu yaratilayotgan vaksinalarga ham katta tashvish tug‘diradi. 

Avvalroq, Rossiyaning “Vektor” virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovi yakunlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing