Gretsiyada hibsga olingan rus tankeri ozod qilinadi – OAV
Olam
−
21 aprel 2022
8107Evbeya oroli yaqinidagi Karistos ko‘rfazida hibsga olingan Rossiya bayrog‘i ostidagi “Pegas” tankeri Gretsiyaning Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash boshqarmasining yangi buyrug‘iga asosan ozod qilinadi. Bu haqda “Kathimerini” gazetasi xabar bergan.
“Rossiya bayrog‘i ostida suzgan “Pegas” tankeri Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash boshqarmasining yangi buyrug‘iga binoan ozod etilishi kerak. Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning bir qismi sifatida Karistos ko‘rfazida qo‘lga olingan tanker ozod qilinishi zarur”, deyiladi gazeta xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, mexanik shikastlanish tufayli tanker Peloponnesga kuzatib qo‘yilgan, u yerda neft boshqa tankerga qayta yuklanishi kerak bo‘lgan, biroq yomon ob-havo tufayli kema Karistos yaqinida langar qo‘ygan. Bu port ma’muriyati qarori bilan amalga oshirilgan. Hibsga olish haqidagi qaror uning yukiga emas, balki faqat kemaga tegishli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni Gretsiya hukumati Rossiya bayrog‘i ostidagi “Pegas” tankerini Evbeya oroli yaqinidagi Karistos ko‘rfazida, bortidagi 19 nafar rossiyalik dengizchi bilan hibsga olgandi.
LiveBarchasi