Gretsiya tarixida ilk bor ayol kishi Prezident bo‘ldi
Olam
−
22 yanvar 2020
4440Gretsiya Prezidenti sifatida ilk bor ayol kishi - Katerina Sakellaropulu saylandi. U bungacha Oliy ma’muriy sud raisi sifatida ishlab kelgan.
Sakellaropulu uchun 261 deputat ovoz berdi, 33 betaraf qoldi. Saylov uchun 200 ta ovoz yetarli edi. Gretsiya parlament respublikasi hisoblanadi. Shu bois mamlakat Prezidentining vakolatlari cheklangan. Asosiy hokimiyat Bosh vazirga tegishli.
Katerina Sakellaropuluning qasamyod marosimi 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Prokopis Pavlopulosning vakolati 13 martda tugaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Katerina Sakellaropulu 1956 yilda Salonikida tug‘ilgan.
1978 yilda Afina universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. 1989 yildan 1990 yilgacha Sorbonna universitetida konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq bo‘yicha aspiranturada o‘qigan.
1982 yilda u Gretsiyaning eng yuqori ma’muriy sudi - Davlat Kengashining ma’ruzachisi etib tayinlangan. 1988 yilda lavozimga tayinlangan. 2000 yilda maslahatchi, 2015 yilda Davlat kengashi vitse-prezidenti. 2018 yilning oktyabr oyida Davlat kengashi raisi lavozimini egallagan.
LiveBarchasi