Gretsiya sanksiya sabab to‘xtatilgan rus tankerini qo‘yib yubordi
Olam
−
22 aprel 2022
9054Evbeya oroli yaqinidagi Karistos ko‘rfazida hibsga olingan Rossiya bayrog‘i ostidagi “Pegas” tankeri Gretsiyaning Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash boshqarmasining yangi buyrug‘iga asosan ozod qilindi. Bu haqda TASS Afina Makedoniya axborot agentligi (AMNA)ga tayanib, xabar berdi.
“Karistosda qo‘lga olingan Rossiyaning “Pegas” tankeri qo‘yib yuborildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kema egalari Xalqaro dengiz tashkilotiga rasmiy hujjatlarni taqdim etgan. Hujjatda keltirilishicha, tankerga egalik huquqi sanksiyalarga duchor bo‘lmagan kompaniyaga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiya hukumati Rossiya bayrog‘i ostidagi “Pegas” tankerini Evbeya oroli yaqinidagi Karistos ko‘rfazida, bortidagi 19 nafar rossiyalik dengizchi bilan hibsga olgan edi. Bu qaror Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya manfaatlarini ifodalovchi kemalarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni amalga oshirish doirasida qabul qilingan. Tanker Evbeya orolining qirg‘oq bo‘yidagi Karistos shahri yaqinida neft yuklangan holatda qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 aprel kuni Rossiyaga qarshi beshinchi sanksiyalar paketi e’lon qilindi. Navbatdagi cheklovlar qatoriga Yevropa Ittifoqi hududida ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i turlarini sotib olish, import qilish yoki o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, Rossiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan kemalar uchun Yevropa Ittifoqi portlariga kirishni cheklash kiradi.
LiveBarchasi