Gretsiya politsiyasi muhojirlarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan kutib oldi

Olam

image

Gretsiya Respublikasi politsiyasi bugun, 29 fevral kuni Turkiya Respublikasi bilan chegarada to‘plangan muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz otdi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar qildi.

2015 va 2016 yillarda yuz minglab boshpana izlovchilar uchun asosiy eshik bo‘lgan Gretsiya, navbatdagi muhojirlar oqimi mamlakatga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasligini tasdiqladi.

"Hukumat o‘z chegaralarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi", dedi hukumat vakili Stelios Petsas jurnalistlarga.

Kecha, 28 fevral kuni Suriya hukumati Idlib shahriga qilgan havo hujumi oqibatida 33 nafar turk askari halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng rasmiy Anqara yuz minglab qochqinlar uchun Yevropaga o‘tish imkoniyatini berishni ma’lum qildi

Bu xabardan so‘ng darhol Gretsiyaning quruqlik va dengiz chegaralarida qochqinlar to‘plana boshladi.

"Buni Idlib bilan hech qanday aloqasi yo‘q", dedi Petsas. Oxirgi 24 soat ichida Gretsiya hukumati chegarani kesib o‘tishga qaratilgan 4000 urinishning oldini oldi.

Noma’lum kishi "Reuters" agentligiga jonatgan videosida Gretsiya harbiylari muhojirlarga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz otayotgani tasvirlangan. Hukumat bu holatga hali o‘z munosabatini bildirmadi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing