Greenwich: qalb parvozi uchun kenglik

Biznes

image

Golden House Britaniya kvartali Greenwich'dan xonadon xarid qiluvchi mijozlar uchun misli ko‘rilmagan yangilik tayyorlab qo‘ydi. Endi siz keng maydonga ega xonadonlarni manfaatli narxlarda xarid qilishingiz va 208 mln so‘m tejab qolishingiz mumkin.

Katta maydonga ega ko‘chmas mulk — bu nafaqat kenglik va xonadonlar labirinti, balki tabiiy yorug‘lik va toza havoga to‘la bo‘lgan tasavvur parvozi uchun ulkan maydon hamdir. Greenwich katta oilalar uchun 92 dan 174 kvadrat metrgacha bo‘lgan yirik hajmdagi xonadonlarni taqdim etmoqda. Ko‘zingizni yuming va yangi, shinam hayot uchun ko‘plab qiziqarli xonalar rejalashtirish mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring. Majmua aholisini har kuni erkinlik va xonadon kengliklarida sukunatda bo‘lish imkoniyati kutmoqda. Endi esa batafsil...

Yorug‘lik haqida yana bir og‘iz so‘z

Greenwich'dagi katta xonadonlarning asosiy afzalligi — bu xonadonlarning noyob tarhlari va panoramali derazalarning ko‘pligi. Erkin maydon tabiiy yorug‘likka to‘la, bu esa o‘zgacha iliq muhit yaratadi va shinamlik hissini beradi. Majmua aholisi to‘rt devor ichida yashash nima ekanligini batamom esdan chiqaradi, negaki Greenwich'dagi har bir xonadon alohida bir olamdir.

Derazalar soni ko‘pligi tufayli developer uyning har bir burchagini mo‘’jizaviy yorug‘lik bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Loyiha mualliflari derazalar, balkonlar va lodjiyalar joylashuvida qurilishning zamonaviy tendensiyalariga asoslanganlar. Britaniya kvartalining har bir ob’ekti “hech qanday qorong‘u hududlarsiz” tamoyili asosida amalga oshirilgan.

Orzudagi xonadonlar

Har kim qachondir o‘zining (ertalablari navbatda turmaslik va bir soat avvalroq uyg‘onmaslik uchun) ikkita sanuzelli, shaxsiy kutubxonali va garderobli mukammal xonadonini tasavvur qilgan. Greenwich'dagi xonadonlar kengligi aynan mana shu orzularni ro‘yobga chiqarish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Sizning har qanday qiziqishlaringiz endilikda o‘z makoniga, o‘z xonasiga ega bo‘lishi mumkin.

Katta oila uchun bayramona stol ajoyib sovg‘a bo‘ladi, negaki unda nafaqat yaqinlaringiz, balki yangi uyingizga havas qiladigan mehmonlarga ham joy topiladi. Oila boshi o‘ziga alohida ish kabinetini yaratishi, qo‘shni xonani esa o‘yin yoki sport mashg‘ulotlari uchun moslashi mumkin. Shunday qilib, bir qancha mukammal variantlarni tasavvur qilib ko‘rish imkoni bor. Ammo variantlarga sho‘ng‘ib ketishga va yostiqlar rangini tanlashga shoshilmang — Golden House savdo ofisida joylashgan shourumni tomosha qilishni va bo‘lajak uyingiz haqida tasavvur hosil qilishni tavsiya qiladi. Shourumda har bir xona qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Katta xonadonlar nafaqat bir necha vannaxonalari bilan, balki yirik lodjiyalari bilan ham mashhur. 3-4 xonali xonadonlar loyihasida 4,13 dan 20 kvadrat metrgacha bo‘lgan lodjiyalar ko‘zda tutilgan.

Britancha joziba

Golden House'ning ushbu noyob loyihasi inglizcha klassik uslubda amalga oshirilgan. G‘ishtli fasad qishda issiqlikni va yozda salqinlikni saqlash imkonini beradi. Shuningdek, mualliflar xonadonlarni shunday loyihalaganki, xonadonlarda ikki taraflama shamol harakati inobatga olingan va har bir burchakka toza havo yetib boradi. Katta lodjiyalardan tashqari xonadonlarda avtomobillar uchun yopiq bo‘lgan soyali hovlilarga qaragan osma balkonlar ham bor. Hovliga mashinalar kiritilmaydi, natijada aholi uchun hotirjamlik va bolalar uchun xavfsizlik ta’minlanadi.

O‘z orzulariga ega mijoz o‘zining barcha g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi uchun biznes toifasidagi xonadonlar ta’mirsiz taqdim etiladi. Ko‘chmas mulk g‘ishtli ichki devorlar bilan va suvoq holida topshiriladi. Shu bilan birga, xonadonlar energiya tejovchi zamonaviy derazalar bilan jihozlanadi, iliqlikni ta’minlash maqsadida esa developer ikki konturli qozonlar va isitish radiatorlarini o‘rnatadi. Temirli kirish eshigi kalitini qo‘lga kiriting va nihoyatda shinam hayotga qadam bosing!

Oilaviy kvartal sizning baxtli hayotingiz uchun mukammal hududga aylanadi. Buning ustiga, ayni damda 4 va undan ko‘proq xonali xonadonlarni 100% to‘lov bilan xarid qilishingiz va kamida 208 mln so‘m miqdorida chegirmani qo‘lga kiritishingiz mumkin. Shourumni namoyish etish va orzungizdagi xonadonni topishga yordam berish uchun sizni savdo ofislarida kutib qolamiz!

Greenwich bilan shinam hayot olamiga sho‘ng‘ing!

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing