Green Card natijalari bo‘yicha O‘zbekiston dastlabki uchlikdan joy oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Green Cardni eng ko‘p olgan davlatlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil eng ko‘p g‘olib bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida birinchilikni Misr egallagan (5 529). Ikkinchi o‘rinda Jazoir 5 526 g‘olib bilan peshqadamlik qilgan. O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallagan (5 511). 

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Eron (5 506) , Ukraina (3 808), Armaniston (3 525) va Turkiya (3 383) bormoqda. 

Ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlaridan ham ko‘p sonli fuqarolar g‘olib bo‘lganligi keltirilgan. Unga ko‘ra,  Qozog‘iston (1 978), Qirg‘iziston (2 846), Tojikiston (2 485), Turkmaniston (555).

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Bayden o‘yinda ishtirok etuvchi g‘oliblar sonini endilikda 80 000 taga yetkazish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Green Card lotoreyasi AQSHda chet el fuqarolariga yashash va ishlash imkonini beruvchi maxsus loyihadir. Ushbu dastur 1990 - yildagi Immigratsiya qonuni asosida tashkil etilgan va hozirda “Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan qoidalar asosida olib boriladi.

Davlat departamenti lotereya o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

827

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing