Grant mablag‘larini jalb qilgan xodimlar rag‘batlantiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra, davlat organlari qiymati 100 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan grantlarni tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga kiritgan holda jalb etadi.

Farmon bilan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Komissiyasining texnik ko‘magini muvofiqlashtirish byurosi (O‘zByuroKES) tugatildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Tashqi beg‘araz ko‘makni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

 Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab:

• O‘zbekiston Respublikasiga donorlar delegatsiyalari tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha so‘rovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;

• grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni, shuningdek, texnik ko‘mak mablag‘lari to‘g‘risida axborot va idoraviy hisobotni Moliya vazirligining G‘aznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
    
• grant oluvchilar har chorakda  olingan va o‘zlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etadi;

davlat organlari rahbarlari grant mablag‘larini jalb qilishda bevosita qatnashgan hodimlarni mehnatga haq to‘lash minimal miqdorining 15 baravarigacha bir yo‘la mukofotlash tarzidagi rag‘batlantirishga haqli bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Grant mablag'larini jalb qilgan xodimlar rag'batlantiriladi

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar