“Grammy” mukofotida 5 ta yangi nominatsiya paydo bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

“Grammy” mukofotlarini topshiruvchi AQSH ovoz yozish san’ati va fanlari milliy akademiyasi beshta yangi nominatsiya joriy etilishini e’lon qildi. bu haqda akademiya saytida xabar qilingan.

Kelgusi yildan boshlab “Grammy” mukofotlari quyidagi nominatsiyalarda taqdim etiladi:

•    Eng yaxshi qo‘shiq muallifi (mukofot ijrochi yoki prodyuser bo‘lmagan “eng samarali” qo‘shiq mualliflariga topshiriladi);

•    “Alternativ” janrida eng yaxshi ijro;

•    “Amerikana” janridagi eng yaxshi ijro;

•    Video o‘yinlar va boshqa interaktiv media uchun eng yaxshi saundtrek;

-    Eng yaxshi she’riy albom (musiqali yoki musiqasiz she’r ijrosi albomi uchun).

Bundan tashqari, alohida xizmati uchun yangi “Ijtimoiy o‘zgarishlar uchun eng yaxshi qo‘shiq” mukofoti paydo bo‘ladi. Mukofot “joriy ijtimoiy muammoga bag‘ishlangan va tushunish, tinchlik o‘rnatish va hamdardlikni targ‘ib qiluvchi qo‘shiqlar” uchun topshirladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing