Gorbachyov 90 yoshga to‘lishi arafasida qayta qurish haqida gapirdi

Olam

image

SSSRning sobiq Prezidenti Mixail Gorbachyov 90 yoshga to‘lishi arafasida qayta qurish to‘g‘risida gapirib, uni o‘zining hayotiy ishi deb atadi. Bu haqda u TASSga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan.

“Men qayta qurish zarur bo‘lganiga va biz uni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borayotganimizga chuqur ishonaman. Mamlakat ichida erishgan eng asosiy yutuqimiz shundaki, odamlar erkinlikka erishdilar, totalitar tuzumni yo‘q qildilar”, deydi 2 mart kuni 90 yoshga to‘ladigan siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro maydonda qayta qurishning asosiy yutuqlari Sovuq urushning tugashi va yadro qurolining tubdan kamayishi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, qayta qurish islohotlar davri Sovet partiyasi rahbariyatining yangi mafkurasini ishlab chiqish davrida 1985 yildan 1991 yilgacha SSSR iqtisodiy hamda siyosiy tuzilishidagi katta va noaniq o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. Xuddi shu yili Gorbachyov iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. 2 mart kuni u 90 yoshga to‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1047

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing