Google Rossiyadagi ba’zi serverlarini to‘xtatyapti
Texnologiya
−
26 may 2022
6903Google bir nechta rus provayderlariga o‘z xizmatlarini, shu jumladan YouTube kontentini yuklashni tezlashtirish uchun ishlatiladigan Google Global Cache serverlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni bekor qilmoqda. Bu haqda bugun, 26 may kuni RBK telekommunikatsiya bozoridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Bu ma’lumotni "Orderkom" yuridik firmasi rahbari Dmitriy Galushko ham tasdiqladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Google'ning sho‘’ba korxonasidan Orenburgning “Radiosvyaz” provayderiga yo‘llangan maktubda “yuridik amaliyotdagi o‘zgarishlar tufayli” serverlarning bir qismi o‘chirilishi va yaqin orada kompaniya xodimlari uskunani o‘chirish uchun provayderga murojaat qilishi aytilgan.
Provayderlar nima deyishdi?
“Radiosvyaz” vakili nashrga ushbu serverlar joriy yilning 19 may kuni o‘chirib qo‘yilgani va bu haqda bir necha kundan keyin xabarnoma kelganini tasdiqlagan. Google serverni nega o‘chirgani noma’lum, ammo kompaniya provayderni juda kichik deb hisoblagani taxmin qilinmoqda, chunki unga o‘rnatilgan Google Global Cache nisbatan oz miqdordagi trafik o‘tkazgan.
Nashrning yana bir manbasi “MFTI Telekom” provayderi Google'dan shunga o‘xshash ogohlantirish olganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi