Google, Apple va Meta... Rossiya 13 ta IT kompaniyani bloklamoqchi
Texnologiya
−
24 noyabr 2021
6972Rossiyaning Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohalaridagi federal nazorat xizmati (“Roskomnadzor”) Rossiyada filialini ochishi shart bo‘lgan IT kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Google, Apple, Twitter, TikTok va Telegram ham bor. Bu haqda “Roskomnadzor”ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan jami 13 kompaniya o‘rin olgan. Ular:
• Google
• Apple
• Meta (Facebook, Instagram va WhatsApp)
• Twitter
• TikTok
• Telegram
• Zoom
• Likeme (Likee)
• Viber
• Discord
• Pinterest
• Spotify
• Twitch
Rossiya rasmiylari tomonidan ilgari surilayotgan talabga ko‘ra, ushbu kompaniyalar 2022 yilning 1 yanvariga qadar Rossiyada o‘z vakolatxonalarini ochishi, “Roskomnadzor”ning so‘rovlariga javob berishi va o‘z saytida maxsus aloqa bo‘lim (forma) tashkil etishi lozim.
Shuningdek, “Roskomnadzor”ga ko‘ra, IT kompaniyalar saytga trafik hisoblagichini o‘rnatishlari va Rossiya qonunchiligini buzadigan ma’lumotlarni o‘chirishlari kerak.
Agar kompaniyalar talablarga rioya qilmasa, ular qidiruv natijalaridan chetlatiladi. Bundan tashqari qisman yoki to‘liq bloklanishi mumkin.
LiveBarchasi