Gonkongdagi mashhur suzuvchi restoran dengizga cho‘kib ketdi
Olam
−
21 iyun 2022
10075Gonkongdagi mashhur suzuvchi Jumbo Kingdom restorani Janubiy Xitoy dengiziga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, Gonkongning mashhur diqqatga sazovor ob’ekti bo‘lgan Jumbo Kingdom "suzuvchi saroyi" deyarli 50 yil turgan bandargohdan tortib olinganidan bir necha kun o‘tib cho‘kib ketgan.
Restoran menejerining so‘zlariga ko‘ra, "suzuvchi saroy” Sisha orollari yonidan suzib o‘tayotganda “noqulay sharoitga” duch kelgan va kema ichiga suv kirib ketgan.
Ekipaj a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, ammo kemani qutqarishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan.
Ma’lumot o‘rnida, taxminan 80 metr uzunlikdagi suzuvchi Jumbo Kingdom restorani qirq yildan ko‘proq vaqt davomida Gonkongning diqqatga sazovor joyi bo‘lib kelgan. U 3 milliondan ortiq mehmonlarga, jumladan, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va aktyor Tom Kruzga xizmat qilgan.
LiveBarchasi