Gonkongda OAV “qirg‘ini” boshlandi
Olam
−
30 dekabr 2021
11104Gonkongdagi so‘nggi demokratiya tarafdorlaridan bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridan biri “Stand News” politsiya tomonidan reyd o‘tkazilib, yuqori martabali xodimlari hibsga olingani ortidan o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Politsiya nashrning amaldagi va sobiq xodimlari bo‘lgan yetti kishini “fitna uyushtiruvchi materiallarni chop etish”da ayblab, hibsga olgan.
“Vaziyat taqozosi tufayli “Stand News” o‘z faoliyatini darhol to‘xtatmoqda”, deyiladi tashkilotning Facebook’dagi sahifasida.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, ular o‘z saytiga boshqa ma’lumotlarni joylamaydi va bugunning o‘zidayoq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o‘chirib tashlaydi.
Nashr bosh ofisida reyd o‘tkazish uchun hukumat tomonidan 200 ga yaqin politsiyachi yuborilgan.
Gonkong politsiyasi o‘z bayonotida, ular “tegishli jurnalistik materiallarni qidirish va qo‘lga olish” vakolatiga ega ekanligini ta’kidlagan.
Ma’lum qilinishicha politsiya qidiruv-tintuv natijasida ofisga tegishli bir necha kompyuter va hujjatlarni olib ketgan. Hibsga olinganlar orasida, 34 dan 73 yoshgacha bo‘lgan 3 nafar erkak va 4 nafar ayol jurnalist bo‘lgan.
Saytning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga nashr direktori o‘rinbosari Ronson Channing bir necha politsiya xodimi tomonidan olib ketilayotgani aks etgan video lavha joylangan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, janob Chan hibsga olinmagan, balki so‘roq qilish uchun mahkamaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, “Stand News”ning yopilishi kutilmagan holat emas. Bundan bir necha kun oldin Gonkongdfagi yana bir nashr “Apple Daily”ning yopilishi boshqa axborot agentliklari uchun signal bo‘lgan.
Ismi ochiqlanishini ishtamagan nashr xodimlaridan biri BBC’ga bergan intervyusida nashr o‘zining yopilishini taxmin qilib, kutib yurganini aytgan.
“Men hamma xavfsizlikda bo‘lishiga umid qilaman. Matbuot erkinligi jinoyat emas”, deya ta’kidlagan manba.
Ammo, o‘zining va 60 nafar hamkasbining hayoti xafsizlikda ekani haqidagi savolga u javob berishni istamagan.
Gongkong bir paytlar Osiyo matbuot erkinligining mayog‘i bo‘lgan. Ammo kundan-kunga soni kamayib borayotgan erkin narshlar va veb-sahifalar ortidan, mamlakat matbuotining kelajagi qanday kechishi haqida bir fikr bildirish juda qiyin bo‘lib qolmoqda.
Behruz Saidov
LiveBarchasi