Gonkong saylovlarini ostin-ustun qilgan Xitoy G‘arbning ayblovlariga javob qaytardi
Olam
−
21 dekabr 2021
8402Kecha, 20 dekabr kuni o‘tkazilgan Gonkongadi parlament saylovlarida Pekin tarafdori bo‘lgan partiya g‘alaba qozondi. Partiya a’zolriga parlamentdagi 90 foiz o‘rin nasib qildi.
Saylovdan oldin Xitoy Gonkongning saylov tizimiga o‘zgarishlar kiritgandi. O‘zgartish asosida Pekinga saylovda nomzodlarni tekshirishga ruxsat beruvchi qoida ham qonuniylashtirilgan.
Parlament saylovida ro‘yxatga olingan 4,2 million saylovchidan atigi 30,2 foizi qatnashgan. Bu Gonkong tarixidagi eng kam saylovchi qatnashgan saylov bo‘lgani aytilmoqda. Saylovda odamlarning passiv ishtiroki, Xitoyning saylov tizimiga aralashuviga qarshi xalqning norozilik alomati deya baholanmoqda.
BBC ga ko‘ra, Pekinni tanqid qilgan avvalgi qonunchilik palatasi a’zolarining ko‘pchiligi hozir quvg‘inda yoki qamoqqa olingan.
O‘zgartirishlar kiritilishi ortidan dunyoning yirik davlatlari saylov natijalarini tan olmay, Xitoyni Gonkongda demokratiyani zaiflashtirishga urinishda ayblashmoqda.
20 dekabr kuni e’lon qilingan saylov natijalari ortidan, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirlari Xitoy joriy qilgan yangi qoidalarni "Gonkongda demokratiyani zaiflashtirib, har qanday siyosiy muxolifatni yo‘q qilishga urinish" deya baholashdi.
Bundan tashqari G7, “Katta yettilik” Pekinni “demokratik qadriyatlar hamda huquq va erkinliklarni himoya qiluvchilarga asossiz zulmni” to‘xtatishga chaqirdi.
Bugun, 21 dekabr kuni Xitoyning Avstraliyadagi elchixonasi g‘arbning ayblovlariga javoban, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarini Xitoyning ichki ishlariga aralashmaslikka da’vat qildi.
"Gonkong Xitoynikidir. Pekin va Gonkong rasmiylari, Gonkongning farovonligi va barqarorligini qanday ta’minlashni yaxshi bilishadi ", deyiladi elchixona xabarida.
Behruz Saidov
LiveBarchasi