Gondurasga tarixda ilk bor ayol kishi Prezident bo‘ldi
Olam
−
28 yanvar 2022 4689 2 daqiqa
Kecha, 27 yanvar kuni Gonduras poytaxti Tegusigalpada Xiomara Kastro mamlakat tarixidagi birinchi ayol Prezident sifatida qasamyod qildi.
Demokrat-sotsialistlar vakili bo‘lgan Kastro o‘tgan yili korrupsiyaga qarshi kurashish g‘oyalari ilgari surilgan saylov dasturi orqali Prezident saylovida g‘alaba qozogan edi.
U xalqiga mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish va abort qilish huquqini qonuniylashtirish haqida va’da bermoqda.
“Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizga 200 yil to‘ldi. Biz endi qo‘limizga taqilgan zanjirlar va an’analarni parchalayapmiz”, degan Kasto inauguratsiya marosimi chog‘idagi nutqida.
Kastroning nomzodi ko‘rsatilgan “Ozodlik va qayta tiklanish” (Libre) partiyasi 2021 yil noyabrdagi saylovlarda mamlakatning sobiq Prezidenti Huan Orlando a’zo bo‘lgan “Milliy” partiyani 14 ta ovoz bilan ortta qoldirgan.
17 million (umumiy saylovchilarning 51 foizi) ovoz to‘plagan Kastro mamlakat tarixidagi birinchi ayol Prezident va eng ko‘p ovoz olgan nomzod sifatida tarixga kirdi.
4 bolaning onasi hisoblangan 62 yoshli Xiamara Kastro, 19 yoshida biznesmen va siyosatchi Manuyel Zelayaga turmushga chiqqan. Yangi Prezident ilk faoliyatini erining biznesini yuritishdan boshlagan.
Uning eri Zelaya 2009 yilda Gonduras Prezidenti etib sanlangan ammo, ko‘p o‘tmay harbiy to‘ntarish oqibatida mamlakat rahbarligidan chetlatilgan.
Kastro xonimning siyosiy faoliyati 2013 yilda erini prezidentlik lavozimiga qaytarish ortidan boshlangan. U 2013 va 2017 yillarda Gonduras Prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan.
Prezident xonim, mamlakatda kambag‘aillikni qisqartirish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishga va’da bergan.
Yangi Prezident inauguratsiya marosimida AQSH vitse-prezidenti Kamilla Harris ham ishtirok etgan.
Harris yangi Prezidentni qutlar ekan, ikki mamlakt Gonguras iqtisodini yaxshilash va korrupsiyaga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilishini bildirgan.
Behruz Saidov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr