Gollivudning “Shon-shuhrat” xiyobonida yangi nomlar paydo bo‘ladi

Madaniyat-san’at

image

Gollivuddagi “Shon-shuhrat” xiyobonida taniqli shaxslar nomlari qayd etilgan bitiklarga 2023 yilda yana 20 nafar yulduzning nomi qo‘shiladi. Bu haqida “Variety” nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda xiyobondan nomlari joy oladigan yulduzlar orasida Bill Pullman, Vins Von, Martin Lourens va Uma Turman kabi aktyorlar bor. Shuningdek, televideniye yo‘nalishida Jon Favro, Ralf Machchio, rejissyor Jon Uoters, musiqachilar Lenni Kravitz va aka-uka Jonas va Mark Entoni nomini ham ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari an’anaga ko‘ra vafot etgan bo‘lishiga qaramay bir nechta yulduzlarning nomlari ham ushbu xiyobonga muhrlanadi. Ular orasida “Forsaj” filmi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan va 2013 yilda avtohalokat tufayli vafot etgan Pol Uoker hamda 2012 yilda aviahalokatda halok bo‘lgan qo‘shiqchi Jenni Rivera ham bor.

Xabarda qayd etilishicha, yuqorida nomlari zikr etilgan yulduzlar yuzlab nomzodlar orasidan tanlangan va Gollivud savdo palatasining direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun shon-shuhrat xiyoboni 1960 yilda rasman ochilgan va bugungi kunda ko‘ngilochar industriya vakillarining 2700 dan ortiq nomlarini o‘zida jamlagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Gollivudning bu qismiga har yili 10 milliongacha sayyoh keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing