G‘olib aniq: Qozog‘istonda saylovlar yakunlandi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasi 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Majilis (parlamentning quyi palatasi) deputatlari saylovida 71,09 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Konstantin Petrov ma’lum qildi.

“Ovozlarning taqsimlanishi quyidagicha: “Nur Otan” partiyasi – 5 million 148 ming 74 ovoz yoki 71,09 foiz”, deydi Petrov.

Uning ta’kidlashicha, ovoz berish natijalariga ko‘ra uch partiya: “Nur Otan”, “Oq yo‘l” va Qozog‘iston Xalq partiyasi parlamentga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

“Shunday qilib, uchta siyosiy partiya yetti foizlik to‘siqni engib o‘tdi: Qozog‘iston Xalq partiyasi, “Nur Otan” partiyasi va “Oq yo‘l” demokratik partiyasi. Ushbu partiyalarga mandat tarqatishga ruxsat berilgan”, deydi Petrov.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra QXP 9,10 foiz, “Oq yo‘l” 10,95 foiz ovoz olgan. Saylovda qatnashgan yana ikkita partiya 7 foizdan kam ovoz olgan. Saylovchilarning 5,29 foizi “Auil” partiyasiga, 3,57 foizi “Adal” partiyasiga ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, parlamenit saylovlarida g‘olib bo‘lgan “Nur Otan” partiyasining raisi Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing