Golden House'dan tijoriy maydonlar: developer sizga biznes qurishga ko‘maklashadi

Biznes

image

Golden House'ni biznesingiz uchun qayg‘uruvchi kompaniya sifatida ta’riflash mumkin. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: nihoyatda qulay joylashuvlar, turli toifaga — premium toifasidan eng hamyonbop toifaga mansub maydonlar; ofisingiz, restoraningiz, dorixonangiz, do‘koningiz uchun puxta o‘ylangan joylar. Bugun biz developerning tadbirkorlarga yo‘naltirilgan barcha takliflari haqida so‘z yuritamiz.

Poytaxtda ilk “A” toifasidagi biznes-markaz — Orient Business Center mana shu faxriy nomga ega. Oloy bozori yonginasidagi markaziy joylashuv, ijarachilar uchun g‘oyat qulay sharoitlar, binoning zamonaviy va o‘zgacha dizayni, shahar manzaralari va boshqa afzalliklar bir yerda mujassam bo‘lgan. Agar siz kelajakda ushbu markazning biror ofisida ishlash baxtiga muyassar bo‘lsangiz, unga munosib baho bera olasiz. Mahsulotlar xarid qilish, kiyimlaringizni kimyoviy tozalashga berish, hamkasblar bilan tushlik qilish yoki qahva ichish, bosh og‘rig‘iga dori sotib olish kabi ishdan tashqari shaxsiy ishlaringizni bajarish uchun binodan chiqish kerak bo‘lmaydi. Bularning barchasi binoning ichidan joy oladi. Maydonlar xarid qilishni istasangiz, ofislar sizni kutmoqda. E’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan joyi shuki, ushbu biznes-markazida sotuvda faqatgina 1 qavat qoldi.

The Business Park qurilishining ikkinchi bosqichiga start berildi. Bu poytaxtning yangi markazida, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan tijoriy maydondir. Tuman infratuzilmasi keskin sur’atlarda rivojlanib bormoqda, negaki bunga talab katta. The Business Park konsepsiyasi tadbirkorlar va shu hududda yashovchi aholi ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Taklif qilinayotgan maydonlar funksional, qulay va haqiqiy biznes sinovidan o‘tgan.

Golden House'dan Depo Mall — bu 57 ming kvadrat metr maydonda qad rostlagan yirik savdo-ko‘ngilochar markazi bo‘lib, undan turli yo‘nalishlardagi biznes vakillarining nuqtalari o‘rin egallaydi. Agar sizda tayyor biznes bo‘lsa va uni amalga oshirish uchun qulay joy izlayotgan bo‘lsangiz, Depo Mall ajoyib yechim bo‘ladi. 200 dan ziyod savdo nuqtalaridan iborat markaz shu yilning o‘rtalaridayoq ilk mehmonlarini qabul qiladi. Savdo markazida xaridlar qilish, ovqatlanish, ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanish mumkin. Markaz joylashgan Uchtepa tumani aholi gavjum va infratuzilmasi shiddat bilan rivojlanayotgan joylardan sanaladi. Aynan Depo Mall'ning ochilishi esa tuman rivojini yana bir bosqichga ko‘taradi.

Ammo biznes-maydonlar Golden House turar joy majmualarida ham bor. Xususan, shahar markazida barpo qilinayotgan premium toifasidagi hashamatli Infinity rezidensiyasi binolarining birinchi qavatlaridan noyob tijoriy maydonlar o‘rin oladi. 6 metrli baland shiftlar, innovatsion uslub, hal qiluvchi joylashuv, Infinity aholisi va yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholi uchun yuqori jozibadorlik.

Assalom Maxtumquli majmualarida ham turli kattalikdagi va aynan sizning biznesingizga to‘g‘ri keluvchi tijoriy maydonlar mavjud. Poldan boshlanuvchi panoramali derazalar vitrinalar uchun nihoyatda mos yechim bo‘ladi. Assalom Maxtumquli turar joy majmuasi yaxshi narx va yuqori darajadagi qulaylik tufayli eng talabbop ob’ektlardan biri hisoblanadi. Assalom Maxtumquli`ning ikkinchi bosqichi yaniq orada topshiriladi, o‘zingiz uchun eng maqbul joy tanlashga ulgurib qoling!

Qurilishi deyarli yakunlangan Fransiya kvartali Parisien'da biznes uchun ijaraga va sotuvga qo‘yilgan maydonlar mavjud. Ushbu ajoyib joylashuvga ega yorqin majmua o‘z aholisini qabul qildi va savdo nuqtalariga xaridorlar va ijarachilarni taklif qilib qoladi.

Birinchi bosqichi yaqin orada topshirilishi rejalashtirilgan Britaniya kvartali Greenwich ham o‘zining g‘aroyib maydonlari bilan faxrlana oladi. Tuman infratuzilmasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda va ushbu go‘zal majmuadagi savdo nuqtalarining ochilishi rivojlanishga ulkan hissa qo‘shadi.

Golden House siz uchun ham qulay xonadon, ham biznesingiz uchun maqbul yechim taklif qiladi. Savdo ofislariga tashrif buyuring va developerdan eng manfaatli takliflardan foydalaning!

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya” TJM.

Tel: 📞 +998 99 808 92 25

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring   Orient Business Center I The Business Park  I Depo Mall

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling   


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing