Golden House'dan “Ramazon Hayiti” aksiyasi

Biznes

image

Golden House kompaniyasi joriy yilning 11 mayidan 16 mayiga qadar “Ramazon Hayiti” aksiyasini e’lon qiladi — barcha turar joy majmualaridagi xonadonlar xaridi uchun chegirmalardan foydalaning.

Muqaddas ro‘zai ramazon kunlari eng insoniy fazilatlar: mehr-oqibat, rahm-shafqat va saxovat tuyg‘ularining yanada kuchliroq namoyon bo‘lish vaqtidir. Golden House'ning “Ramazon Hayiti” aksiyasi poytaxtning obodonlashtirilgan hududidagi zamonaviy va muhtasham yangi qurilish binosida yashash istagida bo‘lganlarning orzusini ro‘yobga chiqara oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 11 maydan 16 mayga qadar personallashtirilgan chegirmalar va eksklyuziv takliflar sotuvlar ketayotgan barcha majmualarda amal qiladi.

Developerning barcha turar joy majmualari eng zamonaviy sifat va xavfsizlik talablariga muvofiq ravishda qurilgan. Golden House xonadonlarida yashash qulay, xavfsiz va hashamatlidir.

Shahar va uning aholisi bilan birgalikda o‘z qiyofasini o‘zgartirib borayotgan yangi «Dinastiya» turar joy majmuasida sotuvlar avj pallasida. Parkent bozoriga bir qadam masofada joylashgan ushbu majmua nafaqat o‘ziga xos konsepsiyasi, balki qulay infratuzilmasi bilan ham jozibalidir. Hozirdanoq oilaviy tarixingizni yangi xonadon tanlashdan boshlang.

INFINITY — premium toifasiga mansub besh bino purviqor tog‘lar bilan Toshkent qiyofasini o‘zida birlashtira olgan, poytaxtning geografik jihatdan markazida qurilayotgan muhtasham inshootdir. Hashamatli va zamonaviy xonadonda maftunkor tabiat bilan uyg‘unlikda yashash — INFINITY majmuasi ta’rifining sinonimidir. O‘zingizni unutilmas daqiqalarga boy hayot kechirishga loyiq deb biling va majmuadan o‘z xonadoningizni tanlang.

Britaniya kvartali Greenwich muhtashamlik va sokinlik uyg‘unligini afzal ko‘radiganlar uchun sevimli maskanga aylanishi shubhasiz. Mazkur kvartal o‘ziga xos me’moriy yechim, obodonlashtirilgan keng yashil hudud, asosiysi — oila davrasida maroqli hordiq chiqarish uchun qulay joyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda Greenwich majmuasidagi xonadonlar tarhlari bilan tanishing.

Assalom Maqtumquli va Assalom Sohil — quvonchga to‘la hayot muhitini taqdim eta oluvchi turar joy majmualari. Developer taklif etgan turar joy majmualari fasad qismidagi yorqin rangi, to‘liq ta’mirdan chiqqan tayyor xonadonlari, shuningdek, zamonaviy oshxona to‘plami bilan ajralib turadi. Assalom Maqtumquli yoki Assalom Sohil xonadonlarida o‘tadigan yangi va baxtli hayotingizga «Assalom!» deb ayting. 

Sagʻbon turar joy majmuasidan xonadon xarid qilish butun oilangiz uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi. Bu “Xast Imom” majmuasi yaqinida joylashgan muhtasham va qulay turar joy majmuasidir. Ekologik jihatdan toza, energiya tejovchi materiallar bilan jihozlangan va eng muhimi — developerdan to‘liq ta’mirlangan holda taqdim etiluvchi ikkita to‘qqiz qavatli binodagi xonadonlar, marhamat tanlang va kirib yashang!

Golden House kompaniyasi muborak ro‘za oyi va kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan barchani chin yurakdan samimiy qutlaydi! Hayit ayyomi munosabati bilan mijozlar va kompaniya do‘stlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida Golden House sizni 15 may shanba kuni Dinastiya, Greenwich, hamda Markaziy savdo ofislarida bayram tuhfasi bilan kutadi.

Golden House bilan birgalikda o‘zingiz va oilangiz kelajagiga ishonch bilan qarang. Xarid qilgan yangi xonadoningizda hamisha baxt va farovonlik hukm sursin.

Markaziy savdo ofisi: Mirzo-Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘ch, 3.

Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya” turar joy majmuasi

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing