Golden House’dan ipoteka: amalga oshirilishi kafolatlangan tanlov

Biznes

image

Golden House’dan ajoyib yangilik!

Ipotekada ko‘chmas mulk xarid qilib olish butun dunyo bo‘ylab zamonaviy trendiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu o‘z navbatida mijozlarimiz uchun o‘zlarining qulay uyi va barqaror kelajagiga ega bo‘lishdek ajoyib imkoniyatdir. Shu bois, Golden House ajoyib aksiya – birdaniga developerning bir nechta turar-joy majmualaridan 20 yillik muddatga yillik stavkasi 17 foizga teng  bo‘lgan ipoteka kreditli xonadonlarini sotuvga qo‘yganini e’lon qiladi!

"Dinastiya" turar-joy majmuasi hayotingizning istiqbolli yangi bosqichini boshlashingizga hissa qo‘shishdek ezgu niyatida qad rostlamoqda. Biznes va premium-klass hududini namoyish etuvchi ushbu noyob loyiha Yashnobod tumanidagi Parkent bozori yaqinida joylashgandir. Shuningdek, developer o‘z mijozlarini ajoyib yechim – Yevropa uslubidagi zamonaviy ikki xonali xonadon-studiyalari bilan ham hayratga soladi. Loyihaning yuqori darajadagi qulayligi, har bir qavatda eng ko‘pi bilan uchta xonadon joylashganligi bilan ajralib turadi.

Komfort-klassga mansub bo‘lgan o‘ziga xos Sag‘bon turar-joy majmuasi poytaxtdagi ko‘hna maskan – Olmazor tumanida, Kichik halqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan. Developer mijozlarga ikkita to‘qqiz qavatli uylardagi xonadonlarning 30 dan ortiq rejalashtirish yechimlarini taklif etadi.  Dolchin va sutli qahva rangidagi o‘ziga xos muhtasham imoratlar obodonlashtirib, ko‘kalamzorlashtirilgan  eski shahar ko‘rinishi bilan uyg‘unlashgandir.

Hashamatli tashqi fasad qismiga ega muhtasham Xosiyat turar-joy majmuasi Yashnobod tumanining Beshariq ko‘chasida, Aviasozlar (Kadisheva) bozori yaqinida joylashgan. Mazkur majmua to‘qqiz qavatli komfort klassga mansub  imoratdan iboratdir. Developer mijozlarga 152 xonadondagi 30 dan ortiq rejalashtirish yechimlarini taklif etadi. Ushbu zamonaviy qurilish inshoot atrofi qulay sharoitda yashash uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma vositalari bilan, jumladan tibbiyot va ta’lim muassasalari, savdo shoxobchalari, shuningdek ko‘plab kafe va restoranlar bilan o‘ralgan.

Assalom, Maxtumquli turar-joy majmuasi allaqachon istiqbolli farovon hayot uchun ideal maskanga aylanib ulgurgan. Developer birinchi majmua allaqachon ko‘chib o‘tib istiqomat qilib kelayotgan aholisi bilan to‘lib bo‘lgani bois, ikkinchi turar-joy majmuasini ham qurib bitkazishga qaror qildi. Zero, mijozlarning ko‘ngli to‘lgan holda qulay xonadonlarda yashayotganining o‘zi ham Golden House uylarining qurilish va jihozlash sifat darajasi naqadar sifatli, ishonchli va mustahkam  ekanligini tasdiqlaydi. Ikkala majmua ham Yashnobod tumanida, Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab shahardagi yagona uch xalqali transport chorrahasi yaqinida joylashgan. Bu yerdagi yangi xonadon sohiblarini uyining derazasidan o‘ziga xos purviqor tog‘lar manzarasi aks etgan go‘zal va jo‘shqin hayot kutmoqda.

Navbatdagi turar-joy majmuasi – bu tom ma’noda shahar ichidagi shahar hisoblanadi.  Assalom, Sohil mijozlarni zamonaviy hayot uchun zarur bo‘lgan qulay va shinam uylar va hovlilar, maktablar va bolalar bog‘chalari, sayilgoh, savdo va ko‘ngilochar markazi singari barcha kerakli infratuzilma bilan ta’minlaydi. Qavatlardagi son jihatdan o‘zgarib turuvchi  (9-16 qavatli) binolar turli xil diddagi mijozlar uchun mos keluvchi xonadonni tanlashdek ajoyib imkoniyatni beruvchi bir necha turdagi rejalashtirish yechimlarini taklif etadi.

Yaqinda Toshkentda Assalom, Havo turar-joy majmuasining huddi havodek “yengil” va shu bilan birga  ishonchli loyihasi ish boshladi. Yevropa standartlari talabiga javob beruvchi shinam xonadon va qulay hovlilar shaharning dinamik hayoti va maftunkor tabiat bilan  uyg‘unlashgan. Yangi turar-joy majmuasi Yashnobod tumanining tinch va shinam kvartalida joylashgan – 2,12 gektarlik  katta maydonni o‘z ichiga qamragan jami sakkizta besh qavatli inshootdan iboratdir.


Developerning har bir loyihasi – beqiyos darajadagi qulay hayot hududi demakdir. Qurilish bosqichidanoq ko‘chmas mulkni xarid qilib olish esa barqaror va istiqbolli kelajak uchun ishonchli yo‘llanmadir. Golden House yuqorida e’tirof etilgan turar-joy majmualaridan cheklangan miqdordagi xonadonlar uchun ipoteka kreditlarini taqdim etadi. Shunday ekan, Golden House bilan yangi, yorqin va go‘zal hayotga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga shoshiling!

Batafsil ma’lumot quyidagi telefon raqami orqali yoki markaziy savdo ofisida: (+998) 78−150−11−11.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘beks tumani, Osiyo ko‘chasi, 3.

Mo‘ljal: Orient Finans Bank, «Novomoskovskaya» TJM.

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing