“Golden House”dan ikki kishilik sayohatni qo‘lga kiriting!

Biznes

image

Joriy yilning 5 aprel kunidan boshlab “Golden House” kompaniyasi “Assalom, Turkiya!” aksiyasini boshlaydi. Aksiya davomida zamonaviy va qulay “Assalom” turar-joy majmualaridan xonadon xarid qilgan mijozlar ikki kishilik sayohatni qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, “Assalom” loyihasi yagona falsafiy qarashlar bilan uyg‘unlashtirilgan “Komfort” klassiga mansub uchta turar-joy majmuasini o‘z ichiga qamrab oladi. Barchamizga ma’lumki, uyimiz – bu farzandlarimiz o‘sib-ulg‘ayadigan hudud, makon va kuch-quvvat manbaidir. Odatda, biz ushbu sevimli maskanimizga uzoq ish kunidan keyin horg‘in holda kelib, charchog‘imizni chiqaramiz, bu yerda dilimizga yaqin bo‘lgan aziz mehmonlarimizni quvonch ila qarshi olamiz. Mazkur turar-joy majmualarining har bir detali sizning xonadoningiz keng, yorug‘, shinam va funksional bo‘lishi uchun siz yashayotgan hudud esa rivojlangan infratuzilmasi bilan quvontirishini ko‘zlagan holda puxta o‘ylab amalga tatbiq etilgandir.

“Assalom” turar-joy majmuasini tanlashning eng asosiy uchta sababi

1. Sifat va narxning ajoyib mutanosibligi

E’tirof etish joizki, ushbu muhtasham turar-joy majmualari aholiga yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Endilikda siz ko‘rimsiz va tozalanmagan ahvoldagi hovlilar, yaroqsiz kirish joylari, sifatsiz jihozlangan o‘yin maydonchalari, hududning muvaffaqiyatsiz joylashuvi va noqulay rejalashtirish yechimlariga chidab yashashga majbur bo‘lmaysiz. “Assalom” majmualarining har biridagi xonadonlar ergonomikasi, puxta o‘ylangan loyihasi, rejalashtirishning turfa xilliligi, eng asosiysi, atrofdagi hududning ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Shunisi quvonarliki, sanab o‘tilgan barcha qulayliklarga qaramay, “Assalom, Do‘rmon yo‘li”dagi narxlar 330,9 million so‘mdan boshlanadi.

2. Qishda issiq, yozda esa salqin

Shunisi alohida e’tiborga molikki, “Assalom” turar-joy majmualari maxsus ishlab chiqilgan mualliflik texnologiyasi asosida barpo etilmoqda. Bunda, albatta  yurtimizning iqlim sharoiti va seysmologik xususiyatlari ham hisobga olingan. Demak, yuqoridagi jihatlardan kelib chiqib, uylarning devorlari uchta qatlam: yuk ko‘taruvchi panel, qo‘shimcha isitgich va qoplama panellaridan iboratdir. Bunda ikkinchi qatlam nafaqat namunali issiqlik izolatsiyasiga erishishga imkon beradi, balki xonadonlarni ko‘cha shovqinidan ham himoya qiladi. Aholi o‘z qozonxonasiga egaligi  tufayli shahar isitish mavsumiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zlari istaganlaricha  haroratni mustaqil ravishda sozlashlari mumkindir. “Assalom” inshootlarining seysmik qarshiligi esa 9 ballni tashkil etadi.

3. Ajoyib, sifatli ta’mir va zamonaviy oshxona to‘plami sovg‘a tariqasida

Shuni alohida e’tirof etish joizki, yaratilgan yuqori darajadagi qulayliklarni ko‘rib zudlik bilan “Assalom” turar-joy majmualariga ko‘chib o‘tib, yashaging keladi. Xonadon sohiblari bekorchi ta’mir ishlari uchun ortiqcha vaqt, kuch va asablarini sarflamasliklari, shuningdek, insofsiz ustalar va sifatsiz qurilish materiallaridan aziyat chekmasliklari uchun “Golden House” mazkur loyihani to‘liq qurilish holida foydalanishga topshirishni ko‘zlagan holda inshootlarni qurmoqda. Zero, xonadoningiz ostonasini ilk marotaba xatlar ekansiz, eng avvalo, yuqori sifatli jihozlangan santexnika vositalari, hammomdagi keramik plitalar, mustahkam eshiklar, laminat pollar, elektr energiya jihozlari hamda  individual isitish tizimi e’tiboringizni tortmay qo‘ymaydi. Zamonaviy va funksional oshxona to‘plami esa sizga o‘zgacha quvonch bag‘ishlashi uchun munosib sabab bo‘la oladi.

Turkiyaga ta’tilni qanday qo‘lga kiritish mumkin?

Joriy yoz faslida “Assalom, Maxtumquli”, “Assalom, Sohil” (Yashnobod tumani) yoki “Assalom, Do‘rmon yo‘li” (Mirzo Ulug‘bek tumani) turar-joy majmualaridan xonadon xarid qilgan mijozlar quyoshsevar va mehmondo‘st Turkiyada dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bir tasavvur qilinga, siz orzu qilgan xonadonda yangi hayotga qadam qo‘yishingiz – Usmoniylar saltanatining qadimiy va boy me’moriy merosidan tortib, O‘rta yer dengizidan yangi tutilgan baliqlardan tayyorlangan ajoyib taomni tanovul qilishingizdan boshlansa ne ajab!

Xuddi shu maqsadda “Golden House” ishlab chiquvchisi “Assalom, Turkiya!” aksiyasini boshlaydi va mazkur aksiya doirasida yangi xonadon sohiblari ikki kishilik unutilmas sayohat, yuksak parvoz, ajoyib mehmonxonada yashash va bir umrga tatigulik ijobiy taassurotlarga ega bo‘ladilar!

“Assalom” turar-joy majmualaridagi barcha xonadonlar xaridorlari aksiyada ishtirok etish imkoniga egadirlar. Turkiyaga ikki kishilik ta’tilni yutib olish uchun esa quyidagilar zarur:

• shaxsiy yoki ipoteka mablag‘lari hisobidan foydalangan holda xonadon uchun to‘lovni oldindan 100 foizga amalga oshirish;

• kuponni to‘ldirish;

• kuponni “Golden House” markaziy savdo ofisida muhrlangan maxsus qutiga joylashtirish.

Kupon har bir xonadon xaridi vaqtida beriladi. Agar kimdir birvarakayiga bir nechta xonadonni xarid qilsa, albatta shuncha miqdordagi bir nechta kuponlarga ham ega bo‘ladi. Sovg‘a miqdori pul mukofotiga almashtirilgan holda berilmaydi.

“Assalom, Turkiya!” aksiyasi borasida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek “Assalom, Maxtumquli”, “Assalom, Sohil” i “Assalom, Do‘rmon yo‘li” dagi turar-joy majmualarining joylashuvi, narxlari, infratuzilmasi va ipoteka shartlari bilan yaqindan tanishish uchun “Golden House” savdo ofislariga tashrif buyuring. 

Assalom, Maxtumquli turar-joy majmuasi: Maxtumkuli ko‘chasi
Assalom, Sohil turar-joy majmuasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi
Assalom, Do‘rmon yo‘li turar-joy majmuasi: Temur Malik i Do‘rmon yo‘li kesishgan ko‘cha

Call-sentr: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing