Golden House'dan Britaniya kvartali Greenwich uchun maxsus takliflar

Biznes

image

Britaniya kvartali Greenwich – bu poytaxtning rivojlanib borayotgan joyida biznes toifasidagi xonadonlarga ega turar joy majmuasidir. Golden House xonadonlarni xarid qilish uchun manfaatli shartlar taqdim etmoqda: bayramlar munosabati bilan noyob chegirmalar, muddatli to‘lov asosida xarid qilish va ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyati.

Poytaxning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan Britaniya kvartali Greenwich qurilishning birinchi bosqichidagi dastlabki ikkita binoni foydalanishga topshirish arafasida. Bu onga oz qoldi, yaqin orada xonadon egalari o‘zlarining yangi uylariga ko‘chib keladilar, kechki paytlar derazalardan iliq yorug‘lik nur sochadi, hovlilarda esa bolalar kulgisi yangrashni boshlaydi.

Majmua aholisi va mehmonlarini oq va qizil ranglar bilan boyitilgan zamonaviy fasadlar qarshi oladi. Greenwich binosining qizil g‘ishtli devorlari esa Rim naqshlari bilan boyitilgan. Ochiq ishlov berilgan dekorativ elementlari yana bir muhim funksiyaga ega, ya’ni milliy uslubdagi panjaralar xonadonni quyosh taftidan himoya qiladi. Umuman olganda, majmuaning fasad qismi juda yorqin va zamonaviy ko‘rinishga ega.

Britaniya kvartali asosan oilaviy yashash uchun mo‘ljallangani bois ham xonadonlar xilma-xilligiga e’tibor qaratilgan. Ular toifalar bo‘yicha, maydon hajmi hamda rejalashtirish yechimiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. “Biznes” hamda “komfort” toifalaridan tashqari xonadon sohiblari nostandart yechimlarni, ya’ni katta kvadrat maydoniga ega va yuqori qavatida mansardasi bo‘lgan dupleks formatidagi xonadonlarni tanlashlari mumkin.

Komfort toifasiga mansub xonadonlar esa mijozlarga to‘liq ta’mirlangan holatda foydalanishga topshiriladi. Ularda qulay tarhlar ko‘zda tutilgan va sifatli materiallar asosida ta’mir ishlari bajarilgan. Keng xonalar yirik hajmdagi mebellarni ham maqbul joylashtirish imkonini beradi, har tomonlama puxta o‘ylab o‘rnatilgan aloqa tizimlari (rozetkalar) xonadon sohiblariga birmuncha qulaylik yaratadi.

Biznes toifasiga mansub xonadonlar ta’mirsiz, erkin rejalashtirish yechimlari bilan foydalanishga topshiriladi va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: kirish eshigi va derazalar, xonalararo devorlar, gipsokartonli shiftlar, radiatorlar va isitish qozoni. Bu xonadon sohiblarining tasavvurini namoyish qilish orqali yashash joylarini mustaqil jihozlash imkonini beradi. 

Britaniya kvartalining birinchi bosqichidagi yangi uylar – zamonaviy, shinam, ekologik jihatdan toza. G‘ishtli imorat fasadlari esa qishda issiqlik, yozda salqinlikni ta’minlaydi. Xonadonlar joylashuvi har bir burchakni shamollatish va havosini tozalash imkonini beradi. Usti yopiq balkonlar esa avtomashinalar ko‘rinmaydigan soyali hovliga tutashgan. Bunday konsepsiya bolalarning hovlida xavfsiz o‘ynashlari hamda derazalardan uyga faqat toza havo kirishi uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Greenwich yopiq turdagi oilaviy kvartali borgan sari haqiqiy ma’nodagi muhtasham hududga aylanib bormoqda. Aytish mumkinki, bu yerda barchasi ajoyib: me’morchilik yechimlari ham, hovlini bezatish uslubi ham, xonadon sohiblari — bo‘lajak qo‘shnilaringiz ham. Yaqin kunlarda tayyor holda o‘z egalariga topshiriluvchi majmua juda tez fursatlarda sotib bo‘linmoqda va qurilishning birinchi bosqichidagi muhtasham xonadonni xarid qilib olish uchun imkoniyat hozircha bor.

Shuningdek, 3 yoki 4 xonali xonadonlarni xarid qilish uchun maxsus foydali takliflar mavjud. Uch xonali xonadon — bolali oila uchun eng maqbul yechimdir. To‘rt xonali xonadon esa ko‘p farzandli oilalar orasida katta talabga ega. Maydon va tarhlarning turli shakllarining mavjudligi sizga eng maqbul bo‘lgan variantni tanlash imkonini beradi.

Savdo ofisiga tashrif buyuring, shourumni tomosha qiling, orzu qilgan uyingiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida tasavvur hosil qiling va maxsus takliflardan foydalanib qoling!

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy

Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya” TJM.
Greenwich savdo ofisi: Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi.
Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing