Golden House binokorlikda yirik formatdagi yangi yig‘ma-monolit texnologiyasini joriy qilmoqda
Biznes
−
19 aprel 2021
5241Golden House kompaniyasi noyob energiya tejovchi devor konstruksiyalari asosida yirik formatdagi yangi yig‘ma-monolit texnologiyasini joriy qilish orqali O‘zbekistonning binokorlik sohasida novator bo‘ldi.
Qurilishning mualliflik uslubi taniqli Germaniya kompaniyasi Vollert bilan hamkorlikda, respublikamizning seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Yangi texnologik vositalar odatiy panellar ishlab chiqarishdan chetlashib, noyob energiya tejovchi devor konstruksiyalari sanoatiga o‘tish imkonini berdi. Energiya tejamkorligiga nimaning hisobiga erishiladi? Minerallangan isitish qoplamasi bo‘lgan uch qavatli tashqi devorlar hisobiga. Bunday konsturksiya ko‘plab afzalliklarga ega: uzoq xizmat qiladi, xavfsiz, tashqi ta’sirlardan himoyalangan.
Natijada, Golden House'dan energiya tejovchi devor konstruksiyalari asosida innovatsion qurilishdan foydalanish ko‘plab imkoniyatlarga yo‘l ochadi:
• Binolar olovga chidamlilik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Isitish qoplamali zamonaviy uch qavatli devorlar qishda sovuqdan, yozda esa jazirama issiqdan ishonchli himoya qiladi. Har bir xonada mikroiqlim va akustik qulaylik mavjud!
• Mutlaq erkinlik! Me’moriy va konstruktiv yechimlarni qo‘llagan holda konstruksiyalar yordamida har qanday turdagi binolarni qurish imkoni mavjud. Buning hisobiga xonadonlarning turli tarhlarda bo‘lishiga va quruvchilarning qat’iy “chegaralari” bo‘lmasligiga erishiladi. G‘aroyib shakllarga ega binolarni ko‘rsangiz, bilingki — bu yig‘ma-monolit qurilishi.
• Golden House uylarini isitish uchun mineral vata asosidagi zamonaviy ekologik materiallar ishlatiladi.
• Yig‘ma-monolit binolari yuqori mustahkamlikka va uzoq muddatli umrga ega — me’yoriy iqlim sharoitlarida kamida 100 yil xizmat qiladi!
• Avtomatlashtirilgan zavod sanoatida inson omili imkon qadar past. Devorlar va qavatlararo qoplamalar jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda yo‘lga qo‘yilgan maxsus zavodda ishlab chiqariladi, bu esa nuqsonli mahsulotlar bo‘lishi ehtimolini minimumga tushiradi va qisqa muddatlarda sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Barcha mahsulotlar majburiy sifat nazoratidan o‘tadi.
• Yig‘ma-monolit qurilishining zamonaviy texnologiyalari qurilish jarayonlarini yil davomida davom ettirish imkonini beradi, oqibatda qurilish muddatlari bir necha barobar qisqaradi. Binolar balandligiga qarab 3–12 oy davomida tayyor detallardan yig‘iladi.
• Yig‘ma-monolit uslubi bilan qurilgan binolar salbiy kimyoviy va tabiiy ta’sirlarga nihoyatda chidamli. Bunday binolarning seysmik chidamliligi 9 ballni tashkil etadi. Golden House — yaqin vaqt ichida qurilgan binoning 9 ballgacha seysmik chidamliligini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazgan yagona kompaniyadir. Bino sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
• Ushbu texnologiya deyarli darhol pardoz ishlarini boshlash imkonini beradi — konstruksiyalarning bir tekis yotqizilishi tufayli nuqsonlar, yoriqlar va shikastlanish joylari bo‘lish ehtimoli nihoyatda past.
Qurilishning bunday texnologiyalari butun dunyoda mashhur va ko‘p qavatli turar joylar hamda osmono‘par binolar qurilishida ishlatiladi. Golden House yuqori toifadagi xorijiy mutaxassislardan olgan bilimlarini mukammallashtirdi, yosh muhandislar va quruvchilarga zamonaviy energiya tejovchi, sifatli va qulay turar joy majmualarini qurishdagi novatorlik uslublarini o‘rgatdi.
Aytish joizki, aynan shunday uslubda qurilgan binolarni ayni damda Golden House'dan xarid qilish mumkin. Assalom Maxtumquli, Assalom Sohil, Assalom Do‘rmon Yo‘li turar joy majmualari va biznes-toifasidagi “Dinastiya” majmuasi industrial binokorlikning yig‘ma-monolit texnologiyasi asosida qurilmoqda. Golden House'ning zamonaviy qurilish texnologiyalari tezkorlik, ekologik soflik, yuqori sifat, energiya tejamkorligi va seysmik chidamlilikni o‘zida mujassam qilgan. Mukammal uyg‘unlik!
Batafsil ma’lumot olish uchun Golden House savdo ofislariga tashrif buyuring yoki qo‘ng‘iroq qiling.
Assalom Maxtumquli turar-joy majmuasi: Maxtumquli ko‘chasi
Assalom Sohil turar-joy majmuasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi
Assalom Do‘rmon yo‘li turar-joy majmuasi: Temur Malik va Do‘rmon yo‘li kesishgan ko‘cha
“Dinastiya” turar-joy majmuasi: Yashnobod tumani, Parkent va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasi
Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi