G‘ofurjon Mirzayev Prezidentga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
24 noyabr 2022
16316G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Davlat rahbarining tegishli farmoni qabul qilindi.
Shu munosabat bilan G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
G‘ofurjon Mirzayev 1964 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1990 yil Toshkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
G‘ofurjon Mirzayev 2016 yildan beri Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
LiveBarchasi