“GoDaddy” egasi bo‘lgan milliarderning oltin qoidalari

Foydali

image

Siz boshqalarni shunchaki kuzatsangiz, hech qachon texnologiya, biznes yoki qandaydir boshqa sohada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

Amerikalik Bob Parsons o‘z omadini tadbirkorlik faoliyatidan topgan va o‘zining “GoDaddy” deb nomlanuvchi eng yirik internet kompaniyasiga asos soladi. U bu muvaffaqyatga osonlikcha erishmagan, balki, hayotiga bir qancha qoidalarni joriy qilgani bunga sabab bo‘lgan. Quyida sizning e’tiboringizga ana shu qoidalarni havola qilamiz.

•  Hech qachon taslim bo‘lmang.

Siz bungacha nimagadir erishmagan bo‘lsangiz, endi hech qanday ish chiqmaydi, degan xulosaga borish kerak emas. Sababi, birinchi urinishda kamdan-kam holatda nimagadir erishiladi.

•  O‘zingizga qulay bo‘lgan hududdan chiqib, undan uzoqroq turing.

Odamlar ko‘pincha “Menga barqarorlik kerak” deb aytishlarini eshitaman. Bunga shunchaki “Barqarorlik oddiy odamlar uchun” deb javob beraman.

•  Agar siz taslim bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz, o‘z taxminingizdan ko‘ra maqsadga yaqin turgan bo‘lasiz. 

Men qadrlaydigan va haq deb bilgan eski Xitoy maqoli bor: “G‘alabagacha bir oz muddat qolganda kuchlilar vasvasaga taslim bo‘lishadi”.

•  Sizni bezovta qilayotgan barcha jihatlarga tegishli: sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomon narsalarni oldindan inobatga oling. 

Bu “yomon” narsalar qanday ko‘rinishda bo‘lishini mayda tafsilotlarigacha tushunib oling. “Ma’lum” voqealarning yomon rivoji juda kam holatda “noma’lum” voqealar rivojidan og‘ir bo‘ladi.

•  O‘z istaklaringizga e’tiborli bo‘ling, fikrlar moddiylashini unutmang.

Barchasi aynan siz o‘ylagandek sodir bo‘ladi.

•   Bir kunda uddasidan chiqish mumkin bo‘lgan ish hajmiga kirishing.
Sizning vaziyatingiz qanchalik murakkabligi ahamiyatga ega emas. Kelajakka tikilmasdan, ayni damda sizning oldingizda turgan odatdagi vazifalarni hal etishga e’tibor qaratsangiz, ularni uddasidan chiqish mumkin. Siz har qanday muammoni kunlik vazifalarga bo‘lib tashlab, hal qilishingiz mumkin.

•  Doim olg‘a intiling. 

Kelajakka sarmoya kiritishni, kamolotga yetishishni, yangi nimadir qilishdan to‘xtatmang. O‘z ishingini yaxshiroq qilishda to‘xtasangiz, u tamom bo‘lishni boshlaydi. Hech bo‘lmaganda, har kuni yaxshi bo‘lish uchun kichkina bo‘lsa ham o‘z oldingizga maqsad qo‘ying.

•   Qarorlarni tezda qabul qiling.

Fuqarolik urushida general Tekumsi Sherman shunday degan edi: “Bugun bajarilgan yaxshi reja ertaga amalga oshadigan zo‘r rejadan yaxshiroqdir”.

•  O‘zingiz uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalarni chamalab, baholang.

Bu haqiqat. Nazoratingiz ostida bo‘lgan va chamalangan narsalar rivojlanadi.

•   Nazoratsiz qoldirilgan narsalar barbod bo‘ladi.

Agar o‘zingizga noma’lum bo‘lmagan muammolarni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, qanchadir vaqt davomida e’tiboringizsiz qolgan sohaga nigohingizni qarating. Muammolar aynan shu yerda bo‘lishiga kafolat beraman.

•  Raqiblaringizni kuzatib boring, lekin ko‘proq e’tiborni o‘zingiz shug‘ullanayotgan ishga qarating.

Raqiblaringizni kuzatayotganingizda, esda tuting, uzoq masofadan qaraganda barcha narsalar yaxshi bo‘lib ko‘rinadi. Hatto sayyoramiz uzoq masofaga uchib ketsak ham maskan bo‘lib ko‘rinaveradi.

•  Hech kimga va hech qachon sizni qo‘rqitishlariga yo‘l qo‘ymang.

Bizning jamiyatimizda tenglik bo‘yicha qonunlarimiz va shart-sharoitlarimizda boshqalar kabi o‘z ishingiz bilan istaganingizcha shug‘ullana olasiz. Shart shundaki, sizning faoliyatingiz qonuniy bo‘lishi kerak.

•  SONY korporatsiyasining asoschisi Masura Ibuka ishonch bilan qayd etganki: “Siz boshqalarni shunchaki kuzatsangiz, hech qachon texnologiya, biznes yoki qandaydir boshqa sohada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz”.

O‘z muammolaringizni o‘zingiz hal qiling. Muammolaringizni mustaqil ravishda hal qilsangiz, biznesning oldingi tomonida bo‘lishingizni ko‘rsatasiz.

•   O‘zingizni haddan tashqari jiddiy muhokama qilmang.

Ko‘pincha erishgan narsalaringizning kamida yarmi – bu muvaffaqiyatning natijasidir. Hech birimiz o‘z hayotimizni o‘zimiz nazarda tutgandek nazorat qila olmaymiz.

•  Hayotda doim tabassum qilish uchun sabab bo‘ladi.

Uni toping. Sizga omad kulib boqqan, chunki siz tiriksiz. Hayot qisqa.

                                   Zarnigor Abdumalikova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing