4000 ta toshbaqani pullamoqchi edilar...

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari Orenburg viloyatidagi hamkasblari bilan birgalikda yovvoyi tabiat jonivorlarining kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan ikki kishini ushladi. Bu haqda Orenburg viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Orenburgdagi garajlardan birida politsiyachilar Qozog‘iston Respublikasidan noqonuniy olib kelingan to‘rt mingdan ortiq toshbaqani topdi. Sudralib yuruvchilarning bu turi "Yovvoyi fauna va floraning yo‘q bo‘lib ketish xavfi mavjud bo‘lgan turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya" bilan himoyalangan va Rossiya Federatsiyasining Qizil kitobiga kiritilgan.

Hozirda kontrabandachilarga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 226.1-moddasi 1-bandiga binoan jinoyat asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu noqonuniy xatti-harakatni sodir etganlikda gumon qilinganlarning biri mahalliy aholi vakili, ikkinchisi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi.

Toshbaqalar vaqtincha Orenburg davlat agrar universitetining veterinariya fakulteti binosiga joylashtirilgan.

Mahkumlarga nisbatan sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. Jinoyat ishining dastlabki tergovi davom etmoqda", dedi Rossiya IIV rasmiy vakili
 


Maqola muallifi

Teglar

toshbaqa Orenburg Qozog'istondan

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar