GM Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Texnologiya
−
07 fevral 2022
27063Amerikaning General Motors kompaniyasi Spark rusumli avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, General Motors o‘tgan yilda ushbu modelning sotuvi keskin pasayib ketganini va shu sababli ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Spark rusumli avtomobil joriy yildan boshlab ishlab chiqarilmaydi.
Xabarda ta’kidlanishicha, General Motors Spark o‘rniga Trax rusumli avtomobil ishlab chiqaradi. Biroq O‘zbekistonda Spark ishlab chiqarishning to‘xtalishi noma’lum, chunki mamlakatda ushbu model eng ommabop va byudjetli hisoblanadi. Katta ehtimol bilan “UzAuto Motors” AJ General Motors'dan bir necha yil o‘tib Spark ishlab chiqarishdan voz kechadi.
LiveBarchasi