Globe Soccer Awards sovrinlari uchun nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
20 Oktabr 2022 2143 2 daqiqa
Har yili o‘tkaziladigan Globe Soccer Awards mukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi. Bu haqda mukofotning rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Jumladan, "Ayaks", "Bavariya", “Boka Xuniors”, "Flamengo", "Liverpul", “Manchester Siti”, "Milan", "PSJ", "Reynjers", "Real", “River Pleyt” va "Roma" jamolari o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbol klubi bo‘lish uchun kurashadi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Aleksandr- Arnold, Benzema, Kanselo, Kazemiro, Kurtua, De Bryuyne, Dias, Foden, Xoland, Aller, Immobile, Vinisius Junior, Keyn, Kimmix, Levandovski, Mahrez, Mane, Mbappe, Messi, Modrich, Neymar, Nkunku, Ronaldu, Salah va Son Xyon Min kabi futbolchilar sanab o‘tildi.
Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi. Karlo Anchelotti, Unai Emeri, Pep Gvardiola, Simone Inzagi, Yurgen Klopp, Joze Mourino, Yulian Nagelsmann, Stefano Pioli, Maurisio Pochettino, Luchano Spaletti, Xavi va Angliya ayollar terma jamoasi murabbiyi Sarina Vigman eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan joy olgan.
Yilning eng yaxshi klub prezidenti sovriniga Xaldon al Muborak (“Manchester Siti”), Xorxe Pinto da Kosta ("Portu"), Gerbert Xayner ("Bavariya"), Florentino Peres ("Real") va Paolo Skaloni ("Milan") da’vogarlik qilmoqda.
Yilning eng yaxshi agenti sovriniga Jorje Mendesh, Eran Zaxavi, Jonatan Barnett, Rafaela Pimenta, Frank Trimboli va Leon Anxellar nomzod qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, nomzodlarni taqdirlash marosimi joriy yilning 17 noyabr kuni BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi