“Global Peace Index”: dunyoning eng tinch va notinch davlatlari aniq bo‘ldi
Olam
−
17 iyun 2021
9347“Global Peace Index” da Ukraina Top yigirmatalik qatoriga kirdi. 2020 yilda Ukrainaning global tinchlik indeksi 7,6 foizga yaxshilandi, bu 163 ta o‘rganilgan mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi.Ushbu ko‘rsatkich zo‘ravonlik jinoyatlari, namoyishlar, siyosiy beqarorlik va ichki mojarolarning tahlili asosida kelib chiqqan.
O‘sish tufayli Ukraina 6 pog‘onaga ko‘tarilib, tinch davlatlar orasida 142-o‘rinni egallab turibdi. Garchi Ukrainada tinchlikning eng katta o‘sishi kuzatilgan bo‘lsada, kelajakda mojaroning kelib chiqishidan xavotirlar saqlanib qolinmoqda.
Indeksning yaxshilanish dinamikasi bo‘yicha Ukrainani Iroq (0.147) va Polsha (0.142) ta’qib qilmoqda. Ular tinchlikning global reytingida mos ravishda 159 va 24-o‘rinlarni egallashdi.
Umuman olganda, o‘tgan yili 87 mamlakatda tinchlik darajasi yaxshilandi. Indeksning o‘rtacha qiymati atigi 0,07 foizga yomonlashdi. Bu 15 yil ichida indeksni hisoblashdagi ikkinchi eng past o‘zgarish. 163 mamlakat ro‘yxatining oxirgi qismida, xuddi bir yil oldingi kabi, 3.631 ko‘rsatkichi bilan Afg‘oniston, undan keyin Yaman, Suriya va Janubiy Sudan joylashgan.
Ma’lumot uchun, Islandiya 2008 yildan beri 1,1 ko‘rsatkichi bilan dunyoning eng tinch mamlakati bo‘lib kelmoqda, undan keyin Yangi Zelandiya, Daniya va Portugaliya joy olgan. Eng yomon dinamika Burkina-Faso (0,254) va Belarusda (0,183) bo‘lib, ular 134 va 117-o‘rinlarni egallashdi.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi