Global ochlik indeksida O‘zbekiston nechanchi o‘rinni oldi? 

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti 2021 yil uchun Global ochlik indeksi reytingini e’lon qildi. 116 ta mamlakat joy olgan mazkur reytingda O‘zbekiston ochlik darajasi past davlat deb topildi. 

FAO 2021 yil ochlik indeksi yuqori deya Somali, Suriya va Janubiy Sudanni topdi. Belarus, Bosniya, Gersegovina hamda Braziliya eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida yuqori pog‘onada turibdi.

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlaridan O‘zbekistonga 21-o‘rin, Qozog‘istonga 28-o‘rin, Qirg‘izistonga 40-o‘rin, Turkmanistonga esa 48-o‘rin nasib qildi.

Ma’lumot uchun, Global ochlik indeksi to‘rtta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi: 

•  to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; 

•  besh yoshgacha bo‘lgan vazni me’yordan past bolalar ulushi; 

•  besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me’yordan past bolalar ulushi;

•  besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

886

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing