Global mudofaa gigantlarining daromadi 2026 yilga borib rekord darajaga yetadi – ekspertlar
Olam
−
26 avgust
3493Dunyoning eng yirik mudofaa va aerokosmik korporatsiyalarining daromadlari 2026 yilga borib, buyurtmalar sezilarli darajada oshishi va geosiyosiy keskinlikning kuchayishi fonida rekord darajaga yetadi. Bu haqda Vertical Research Partners moliyaviy tadqiqot kompaniyasi ekspertlariga tayanib, Britaniyaning “Financial Times” gazetasi xabar berdi.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoning 15 ta eng yirik mudofaa pudratchilari 2026 yilda barcha xarajatlardan keyin 52 milliard dollar ishlab topadi, bu esa 2021 yildagi jami daromadlarni deyarli ikki barobarga oshiradi. Shuningdek, AQSHning eng yirik beshta mudofaa pudratchisining foydasi 2026 yil oxiriga qadar barcha xarajatlardan keyin 26 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, Yevropaning eng yirik harbiy-sanoat kompleksi kompaniyalari – BAE Systems, Rhein va Saab’ning umumiy daromad o‘sishi barcha xarajatlardan so‘ng o‘q-dorilar va raketalarni yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarning ko‘payishi fonida 40 foizdan ko‘proqqa oshadi. Qayd etilishicha, mudofaa sanoati daromadlarining keskin oshishiga Ukrainada davom etayotgan mojaro, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi sabab bo‘lgan. Shunday qilib, aprel oyida AQSHda Ukraina, Tayvan va Isroilga qabul qilingan harbiy yordam paketlari mamlakatning beshta yirik mudofaa korporatsiyasi – Lockheed Martin, RTX, Northrop, Grumman, Boeing va General Dynamics tomonidan qurol ishlab chiqarish uchun taxminan 13 milliard dollar ajratish imkonini bergan.
LiveBarchasi