Global issiq sabab Alp tog‘ida muzlik quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Italiya shimolidagi Alp tog‘larida muzlik qulab tushdi. Voqea cho‘qqigacha ko‘tarilish bo‘ylab Marmolada muzligida “Serak” nomi bilan  tanilgan muzning muhim qismida sodir bo‘ldi. Bu haqda Alp tog‘lari qutqaruv xizmati Twitter orqali ma’lum qildi.

Italiyalik alpinist Reynxold Messnerning “La Republica” gazetasiga xabar berishicha, bir necha yillardan beri global isish ta’sirida muzlik qisqarmoqda.

"Deyarli hech qancha muz qolmadi", deydi Messner. 

U muzliklar vaqti-vaqti bilan tortishish kuchi tufayli qulab tushishini ta’kidladi. Ammo muzlikning bu qulashiga global issiqlik sabab bo‘lganini taxmin qildi.

Shuningdek, qutqaruv xizmati vakili Valter Milan davlat televideniyesiga so‘nggi kunlarda hududda haddan tashqari yuqori harorat kuzatilayotganini aytdi. U muzlik cho‘qqisida harorat, hatto, 10 darajaga yetganini ta’kidladi. Bu g‘ayritabiiy hodisa ekanligini aytdi.
  
Favqulodda vaziyatlar xodimlarining xabar berishicha, yuzaga kelgan qor ko‘chkisi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan. 10 kishi daraksiz ketgan, 9 kishi o‘rta, ikki kishi jiddiy jarohat olgan. Halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida sayyohlar ham bo‘lgan. Og‘ir ahvolda qolganlar hudud atrofidagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing