«Global innovatsion indeks-2022: O‘zbekiston tajribasi» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi
Biznes
−
20 Oktabr 2022 5576 2 daqiqa
«InnoWeek.Uz-2022» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida joriy yilning 19 oktyabr kuni «Global innovatsion indeks-2022: O‘zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.
– O‘zbekiston Global innovatsion indeksda (GII) 2015 yilda 141 ta davlat orasidan 122-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2022 yilda 131 ta davlat orasida 40 pog‘onaga yuqorilab, 82-o‘rinni egalladi hamda Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi va Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida Hindiston va Erondan keyin 3-o‘rinni egalladi, – dedi Innovatsion rivojlanish vaziri.

Forumning faxriy mehmonlari bo‘lgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) vakillari onlayn va oflayn rejimda qatnashdilar. Forumda BIMT Iqtisodiyot va statistika bo‘limi rahbari, GII hammuharriri professor Sasha Vunsh-Vinsent (Shveysariya) O‘zbekistonning GII 2022 natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, O‘zbekiston ilm-fan va innovatsiyalarning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgani, shuningdek, global reytingda o‘tgan yilgi o‘rnidan 4 pog‘ona yuqorilagani – bu mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, ilm-fanga berilayotgan e’tibor hamda innovatsion salohiyatni yaxshilashga qaratilgan ishlarning natijasi ekanligini alohida ta’kidladi.
Forumda, shuningdek, BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining Iqtisodiy hamkorlik va savdo bo‘limi direktori Elizabet Tyurk «Innovatsion rivojlanish sohasida hamkorlik» mavzusidagi videomurojaati, BIMTning rivojlangan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bo‘limi direktori Xabip Asan «Turkiyadagi innovatsiyalar» mavzusidagi ma’ruzasi (Shveysariya) hamda Hukumat innovatsiyalari markazi direktori, Imkoniyatlar vazirligining imkoniyatlar direktori Abir Taxlak Muhammad bin Rashid (BAA, Dubay) o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Xorijiy mutaxassislar hozirgi kunda global miqyosda innovatsiyalarga bo‘lgan talab keskin oshgan bir davrda O‘zbekiston hukumatining innovatsion ekotizimni yaratishga bo‘lgan e’tiborini yuqori baholadi.
Ushbu forum tadbir ishtirokchilarida innovatsiyalar va muvaffaqiyatli tajriba almashish borasida katta taassurot qoldirdi.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi