Glamour butigi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan poyabzallar uchun uzr so‘radi

Jamiyat

image

Avvalroq, italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston davlat ramzlari – bayroq va gerb tasvirlangan kolleksiyasini taqdim qilgani haqida xabar bergan edik. Kolleksiyadan uchta poyabzal, ikkita futbolka va sport kiyimi o‘rin olgandi.

Adliya vazirligi gerb va bayroq tasvirining oyoq kiyimga tushirilishiga munosabat bildirib, bu davlat ramzlarini haqoratlash ekanini ta’kidlagandi.

Shundan so‘ng, Stefano Richchi brendidagi mahsulotlarni sotuvga chiqargan Glamour butigi ma’muriyati holat uchun uzr so‘rab chiqdi.

“Biz mamlakatimiz madaniyati, merosi va ramzlariga katta hurmat bilan yondashamiz. Krossovkaning ushbu modeli brend tomonidan namuna sifatida chiqarilgan bo‘lib, u chakana savdo  uchun emas, balki buyurtma asosida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan edi.

Bizning puxta o‘ylamasdan qilgan ishimiz natijasida yuzaga kelgan vazyatdan juda ham afsusdamiz. Shu bois mamlakatimiz ramzlari tushurilgan krossovkalarning har qanday modeli byurtmasini bekor qilamiz.

Bunday holat uchun yana bir bor uzr so‘raymiz. Kelasi safar bizga ibrat bo‘lgan bu holatni inobatga olamiz”, deyiladi do‘konning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasviri tushirilgan oq rangli oyoq kiyimning narxii 18 mln so‘m, ko‘k ranglisi esa 24 mln so‘m ekani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

492

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing