Giyohvand moddalar iste’mol qilganlar endi Rossiya armiyasiga olinmaydi

Olam

image

Giyohvand moddalarni iste’mol qilganligi uchun ma’muriy jazoga tortilgan fuqarolar bundan keyin yana bir yil davomida Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun shartnoma tuza olmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kecha, 14 noyabr kuni e’lon qilingan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonida so‘z borgan

Ilgari hujjatda faqat sudlangan yoki tergov ostidagi Rossiya Federatsiyasi fuqarolari yoki chet elliklar bilan shartnoma tuzish mumkin emasligi aytilgan edi. Bu cheklashlar huquqbuzarlarning yana bir toifasi – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni shifokor retseptisiz iste’mol qilganlik uchun ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar bilan to‘ldirildi. 

Hujjatda ta’kidlanganidek, ular shaxs ma’muriy jazoga tortilgan deb hisoblanadigan muddat tugagunga qadar shartnoma xizmatiga kira olmaydi (Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, bu bitta jazoni ijro etish tugagan kundan yoki jarima to‘langan kundan boshlab bir yil). 

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoni harbiy xizmatdan bo‘shatish uchun asoslarni kengaytirdi. Ularga, xususan, inson organizmida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning metabolitlari mavjudligini belgilangan tartibda majburiy kimyoviy-toksikologik tadqiqotlardan o‘tkazmaslik qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident imzolagan farmon bilan endilikda chet el fuqaroligi yoki chet elda yashash uchun ruxsatnomasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari mamlakat Qurolli Kuchlariga chaqirilishi mumkin. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing