“Gitler” mototsiklda nemis siyosatchilarining g‘azabini keltirdi

Olam

Germaniyada mototsikl festivalida bir natsist Adolf Gitler qiyofasida paydo bo‘ldi. Bu esa mahalliy hokimiyatni g‘azablantirdi. 

Gitlerga ikki tomchi suvdek o‘xshash va u kabi kiyingan kishi Avgustusburgdagi avtoulovlar festivalida mototsikl haydab ketayotgan aravada o‘tirgan. Avtotransportni esa boshqa bir kishi boshqargan.

Xabar qilinishicha, politsiya xodimi ushbu xatti-harakatni to‘xtatish o‘rniga erkaklarni suratga tushirishni boshlagan. Gitlerning qiyofadoshi va uning libos dizaynerini nima kutayotgani hali noma’lum. 

“Ommaviy qotil sifatida kiyinishni shunchaki baholash mumkin emas. Qotilni bunday targ‘ib qilish taqiqlanadi va takrorlanmasligi kerak”, - deya ta’kidlagan Saksoniya Bosh vaziri Maykl Kretschmer o‘z Twitter’dagi sahifasida.

Biroq guvohlar hokimiyat vakillarining harakatlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. Deyarli barcha “Gitler”ga yon bosib, video va fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adol'f Gitler

Baholaganlar

235

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar