Gigant klublar “isyoni”dan keyin UEFA Chempionlar ligasi formatini o‘zgartirishni ma’qulladi
Olam
−
19 aprel 2021
7016UEFA Chempionlar ligasi formatini o‘zgartirish rejasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2024 yildan boshlab turnirda 36 ta jamoa ishtirok etadi va har mavsumda 100 tadan uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “The New York Times” xabar qildi.
Yangi ko‘rinishdagi chempionatda ishtirok etadigan 36 ta futbol klublari guruhlarga bo‘linmagan tarzda uchrashuv o‘tkazishadi. Top-8 jamoa pley-offga chiqadi. Har bir jamoa kamida 10 ta o‘yinda ishtirok etadi.
Avval xabar qilganimizdek, Yevropaning 12 yetakchi jamoasi Yevropa Superligasini tuzdi. “Bavariya”, “Borussiya Dortmund” va PSJ kabi jamoalar esa musobaqada qatnashmasligini rasman e’lon qildi.
Futbolda bir qator bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan yangi chempionatga siyosat vakillari ham fikr bildirmay qolishmadi. Xususan, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Superligani to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.
Bokirxon Qosimxonov
LiveBarchasi