GIF ixtirochisi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 mart 2022 11656 1 daqiqa
GIF formatidagi rasmlar ixtirochisi Stiven Uilxayt 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda “NBC News” xabar bergan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Uilxayt joriy yilning 14 mart kuni AQSHda COVID-19 oqibatlaridan vafot etgan. Buni uning rafiqasi Ketlin tasdiqlagan.
Graphics Interchange Format (GIF) Uilxayt tomonidan 1987 yilda, u Compuserve kompaniyasida ishlagan paytida yaratilgan. Yillar davomida ushbu rasm formati ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlarni yetkazishning asosiy usullaridan biriga aylangan.
2013 yilda Uilxayt ixtirosi va internet madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun Webby Awards taqdimot marosimida Lifetime Achievement Award mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr