Germaniyaning sobiq kansleri mamlakat parlamentini sudga berdi

Olam

image

Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder sobiq hukumat rahbariga berilgan maxsus imtiyozlarni qaytarish uchun Bundestagni sudga berdi. Bu haqda dpa nashri xabar bermoqda.

“Germaniya sobiq kansleri Shreder mamlakat parlamentini sudga berib, may oyida o‘zi mahrum qilingan maxsus imtiyozlarni tiklash uchun ariza berdi”, deyiladi xabarda.

Bundestag Byudjet qo‘mitasi avvalroq siyosatchini ofisdan mahrum qilgan, biroq sobiq hukumat rahbari sifatida unga kafolatlangan pensiya va xavfsizlikni saqlab qolgandi.

Ushbu qarorning rasmiy sababi shundaki, u Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng ham rus kompaniyalarida faoliyatini davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing