Germaniyada poyezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya janubidagi Garmish-Partenkirxen shahri yaqinida mintaqaviy poyezd relsdan chiqib ketdi. Oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar ko‘p. Bu haqda mamlakatning “Bild” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, voqea bugun, 3 iyun kuni Burgrain shahrida sodir bo‘lgan. Bir necha vagon ag‘darilib ketgan. Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

“Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda. Barcha mavjud kuchlar jalb etilgan”, deydi mahalliy politsiya.

Poyezd Myunxen – Garmish-Partenkirxen yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasiga qo‘shni Avstriyadan uchta qutqaruv vertolyot jalb qilingan. Garmish-Partenkirxen va Oberau o‘rtasidagi temir yo‘l uchastkasi poyezdlar harakati uchun yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing