Germaniyada qurollangan shaxs odamlarni garovga oldi

Olam

image

Bugun, 10 dekabr kuni Germaniyaning Drezden shahri markazida qurolli shaxs hozircha soni noma’lum bo‘lgan odamlarni garovga olgan va shu orqali hujumchi “Altmarktgalerie” savdo markazida o‘zini-o‘zi himoya qilmoqda. Voqea joyiga politsiyaning maxsus kuchlari safarbar etilgan. Bu haqda “Deutsche Welle” telekanali xabar berdi.

“Bild” gazetasining yozishicha, to‘pponcha bilan qurollangan shaxs ertalab Drezden mahalliy radiostansiyasi binosiga bostirib kirib, o‘t ochgan, xodimlar xavfsiz joyda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng u shahar markaziga yo‘l olgan va u yerda “Altmarktgalerie” savdo markazidagi do‘konlarning biridan panoh topgan.

Voqea munosabati bilan savdo markazi va uning atrofidagi hududlardan odamlar evakuatsiya qilingan. Politsiya aholi va sayyohlarni hududdan uzoqroq turishga chaqirgan. Yaqin atrofdagi bozor ham yopilgan.

Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, erkak Drezdendagi radiostansiyaga yetib kelishidan oldin qotillik sodir etgan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing