Germaniyada inflyatsiya 50 yillik rekordni yangiladi
Olam
−
31 avgust 2022
4849Germaniyada inflyatsiya darajasi qariyb 9 foizga yetib, so‘nggi 50 yildagi eng yuqori nuqtaga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida Germaniyada iste’mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sdi. Iyul oyida inflyatsiya kutilmaganda 8,5 foizga yetgandi.
Shunday qilib, inflyatsiya darajasi birinchi neft inqirozi yangi inflyatsiya sikliga olib kelgan 1973-1974 yillar qishidan beri birinchi marta rekordni yangiladi.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi urush natijasida energiya narxining oshishi yuqori inflyatsiyaning asosiy omiliga aylangan, avgust oyida energiya narxi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 35,6 foizga yuqori bo‘lgan.
Ko‘tarilish hukumatning inflyatsiyani bostirishga qaratilgan chora-tadbirlariga, jumladan, jamoat transporti chiptalarini arzonlashtirish va 31 avgustda nihoyasiga yetishi kerak bo‘lgan yoqilg‘i solig‘ini kamaytirish jaaryoniga qaramay sodir bo‘ldi.
Tahlilchilar bashorat qilishicha, hech qanday chora ko‘rilmasa, Yevropaning eng yirik iqtisodiyotida inflyatsiya 2022 yil oxirigacha ikki xonali raqamga yetishi mumkin.
LiveBarchasi