Germaniyada G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi

Olam

image

Bugun, 18 fevral kuni Germaniyaning Myunxen shahrida xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi doirasida G7 (Katta yettilik) davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralarning asosiy mavzulari Ukrainadagi urush, NATO kelajagi va Osiyodagi vaziyat bo‘lishi kutilmoqda. Bu Yaponiya raisligida joriy yildagi G7 tashqi ishlar vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘ladi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi 16 fevral kuni tadbir ishtirokchilari “katta yettilik qonun ustuvorligiga asoslangan jahon tartibini saqlash qat’iyatini yana bir bor tasdiqlashni” rejalashtirganini aytgandi. Shuningdek, u uchrashuvga ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kulebani ham taklif etish niyatida ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Yaponiya bu yil G7’ga raislik qiladi va may oyida Xirosimada sammitga mezbonlik qiladi. Bu shahar Nagasaki bilan birga dunyodagi yadro qurolidan foydalanilgan yagona joy sanaladi. Unga 1945 yil 6 avgustda AQSH tomonidan yadro bombasi tashlangan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing