Germaniyada 77 yil avvalgi qilmishlari uchun 100 yoshli erkak sud qilinmoqda
Olam
−
07 Oktabr 2021
7920Bugun, 7 oktyabr kuni Germaniyada Ikkinchi jahon urushi payti Berlin yaqinidagi Zaksenxauzen konslagerida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan 100 yoshli Jozef S. sud qilindi. Bu haqda “Interfaks” Yevropa OAVga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlaguvchi Jozef S. 1942 yildan 1945 yilgacha Zaksenxauzen konslagerida ixtiyoriy ravishda xizmat qilgan. U 3518 kishini o‘ldirishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Uning sud jarayoni federal Brandenburg yerlaridagi Noyruppin shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiylarning aytishicha, yoshi katta bo‘lishiga qaramay, gumonlanuvchi sud qilsa bo‘ladigan darajada sog‘lom hisoblanadi.
Xabarga ko‘ra, 1936 yildan 1945 yilgacha Zaksenxauzenda yuz minglab odamlar ushlab turilgan. O‘n minglab mahbuslar ochlikdan, kasallikdan, majburiy mehnatdan, shuningdek, tibbiy tajribalar oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Germaniya politsiyasi fashistlarning Shtutgof lagerida kotib bo‘lib ishlagan 96 yoshli Irmgard Furxnerni hibsga olgandi. U ham Ikkinchi jahon urushi davridagi harakatlari uchun sud qilinadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15