Germaniya jihodchilar bolalarini olib ketmoqda

Olam

image

Berlin va Erbil vatanga qaytish to‘g‘risida bitim tuzgandan keyin suriyalik kurdlar Germaniyaga ISHID jangarilarining farzandlarini topshirdi, deya xabar bermoqda “Euronews”.

Ta’kidlanishicha, bolalar Suriya-Iroq chegarasida Germaniya konsulligi xodimlari tomonidan kutib olingan va ular Germaniyadagi qarindoshlariga topshirilgan.

Xalifalik qulaganidan keyin xalqaro hamjamiyat Suriya va Iroqda qo‘lga olingan yoki o‘ldirilgan jihodchi oilalarni vataniga qaytarish muammosiga duch keldi. Bugungi kunda suriyalik kurdlar nazorati ostidagi Al-Xol qochqinlar lagerida o‘z vatanlariga qaytishga umid qilayotgan 12 mingga yaqin bolalar va ayollar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing