Germaniya Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishni va’da qildi
Olam
−
18 Oktabr 2022 4197 1 daqiqa
Germaniya joriy yilda Kiyevga yangi qurollar, jumladan, zirhli mashinalar va gaubitsalar yetkazib bermoqchi. Bu haqda bugun, 18 oktyabrda Germaniya Mudofaa vaziri Kristina Lambrext Berlin tashqi siyosat forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya qishda Ukraina armiyasini jihozlash borasida Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish uchun sa’y-harakatlarini susaytirmaydi. Jumaladan, bu yil tank traktorlari, zirhli "Dingo" mashinalari, ko‘prikli yuk mashinalar, qo‘shimcha raketa va tank gubitsalari, dronlarga qarshi kurash tizimlari etkazib beriladi.
“Hech kim bu haqda baland ovozda yoki faol gapirmasligi mumkin, ammo bu juda katta yordam va bu davom etadi", deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, u Germaniya hukumati qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha qarorlarni faqat ittifoqchilari bilan kelishilgan holda qabul qilishini yana bir bor ta’kidladi.
Temur Jumayev
Live
Barchasi